O‘zbek tilida bexato yozishga birinchi qadam!
Tahrirchi endi brauzerlarda! Brauzeringizda turib o‘zbek tilida bexato matnlar yozing!
Endi har qanday saytda turib, yozgan matnlaringizni imloviy xatoliklarga jonli tarzda tekshirishingiz mumkin! Va eng asosiysi, bu bepul!
To‘laqonli imlo tekshiruvi
Modelimiz o‘zbek tilida yasalishi mumkin bo‘lgan so‘zlarning deyarli barchasini taniy oladi. Lug‘atimiz taniqli imlo va izohli lug‘atlarga asoslangan; so‘z yasalish jarayonida esa 150 tadan ortiq qo‘shimchalar ishlatilgan.
Kontekst xatoliklar
Imloviy to‘g‘ri bo‘la turib, gapning mazmuniga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni tekshiradigan funksiya qo‘shdik. Ko‘p adashtiriladigan so‘zlar hamda fonetik chalkashliklar matnda uchrasa, Tahrirchi sizni bu haqida xabardor qiladi.
Tahrirchi Bepul
Bepul versiyamizda siz imloviy xatoliklarni tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Lekin bepul versiyada foydalanuvchilar kuniga 10,000 tagacha so‘z tekshirishlari mumkin.
Tahrirchi Premium
Premium foydalanuvchilar nafaqat imloviy, balki kontekst, uslubiy va boshqa turdagi xatoliklarga tekshirish imkoniyatiga egalar. Ustiga-ustak, kunlik cheklov ham 100,000 ta so‘z deb belgilangan.
Maxfiylik siyosati: https://tahrirchi.uz/maxfiylik-siyosati
Ommaviy oferta: https://tahrirchi.uz/ommaviy-oferta
Telegram: https://t.me/tahrirchi_uz
Instagram: https://instagram.com/tahrirchi.uz